Ebola bezgagi natijasida halok bo‘lish ehtimoli 70 foizga teng. Bu haqda Reuters axborot agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, ushbu bayonot Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida tashkilot bosh direktori yordamchisi Bryus Ayluord tomonidan berilgan.
Uning qayd etishicha, virus bilan zararlanganlar soni 13 ming 793 kishiga yetgan, qariyb 5 ming kishi esa Ebola virusi epidemiyasi boshlanganidan beri vafot etgan.
Izoh (0)