“Levada” tahlil markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning saylov reytingi tushgani qayd etildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Bo‘lajak prezidentlik saylovlarida Vladimir Putinga ovoz berishni istaydiganlar 2014-yil sentabr oyida o‘tkazilgan so‘rov ishtirokchilarining 49 foizini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich avgust oyida 57, yanvar oyida 29 foizni tashkil qilgan.
Avgustdagi ko‘rsatkich eng yuqorisi bo‘lgani ma’lum qilingan. Markaz direktori o‘rinbosari Aleksey Grajdankin reyting har doim ham eng yuqorida turmasligini va tabiiy ko‘rsatkichlarga qaytishini e’tirof etgan.
Izoh (0)