Fransiyaning Nant shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat turnir boshlandi. Ushbu musobaqada O‘zbekistonning birinchi va ikkinchi raqamli tennischilari — Nigina Abduraimova hamda Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Nigina Abduraimova ilk davrada qozog‘istonlik Yuliya Putinsevaga 2:6, 5:7 hisobi bilan imkoniyatni boy berdi.
Bugun saralash bahslaridan asosiy to‘rga yo‘llanma olgan Oqgul Omonmurodova turnirning 4-raketkasi sifatida tasniflangan ispaniyalik Lara Arruabarrenaga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)