Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen Inning to‘pig‘idagi o‘simta olib tashlash uchun qayta operatsiya qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Renxap” agentligining Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatiga asoslanib ma’lum qilishicha, Kim Chen Inning ahvoli hozirda yaxshilanmoqda. Shuningdek, KXDR yetakchisini xorijdan taklif qilingan shifokor operatsiya qilgani haqida ham xabar berilgan.
So‘nggi oylarda jahon matbuotida Kim Chen Inning sog‘lig‘i borasida ko‘plab xabarlar tarqalayotgan edi. Jumladan, KXDR yetakchisining tovonlari operatsiya qilingani va keyinroq paylari cho‘zilgani uchun 100 kunlik mehnat ta’tili olgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)