Aholi o‘rtasida “Chorsu” bozori deb ataladigan “Eski jo‘va” ochiq aksiyadorlik jamiyati dehqon bozori hududida katta ko‘lamli rekonstruksiya va obodonchilik ishlari 2013-yil yozida boshlangan edi. Hozirga qadar ta’mirlash ishlarining ikki bosqichi nihoyasiga yetdi: bozorning go‘sht bo‘limi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ochiq bozori tartibga solindi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
Shayxontohur tumani hokimi Mira’zam Mirqosimovning ma’lum qilishicha, ushbu ikki bosqichning o‘ziga qariyb 17 milliard so‘m sarflangan.
Bozorni qayta ta’mirlash loyihasining yaqin kunlarda boshlanadigan uchinchi bosqichida konditer mahsulotlari bo‘limini tartibga solish ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qayta ta’mirlash loyihasi doirasida bozor hududida favvora qurilib, asosiy darvozalari restavratsiya qilindi. Shuningdek, Saqichmon ko‘chasining go‘sht va hunarmandchilik bozorlari o‘rtasidagi hududida ta’mirlash ishlari olib borilib, bu yerda ikki tomonlama harakat yo‘lga qo‘yildi.
Izoh (0)