Amerikalik sayyoh Li Abbamonte Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 193 mamlakatga sayohat qilib, 30 ta eng yaxshi oshxonaga ega mamlakatlar ro‘yxatini o‘z shaxsiy blogida e’lon qildi. Shuningdek, u o‘zining uzoq yillik sayohati davomida ko‘rganlari bo‘yicha boshqa eng yaxshi o‘ttiztalik ro‘yxatlarini ham keltirgan.
Li ovqat masalasida har kimning o‘z fikri borligini va uning tanloviga rozi bo‘lmaslikka barcha haqli ekanligini aytib qo‘ygan. Shuningdek, u sayohatlardan qoladigan ko‘plab xotiralar aynan mahalliy xalq taomlari bilan bog‘liq bo‘lishini e’tirof etgan.
Li o‘z ro‘yxatini har bir mamlakatga borib, aynan mahalliy taomlarni tatib ko‘rgan holda tuzganini va boshqa xalqlarning ko‘plab taomlarini taqdim eta oladigan yirik shaharlarga ega ba’zi mamlakatlar uning ro‘yxatidan o‘rin olmaganini ta’kidlagan.
E’tiborlisi, u 30 mamlakatdan iborat ro‘yxatning 27-pog‘onasiga O‘zbekiston milliy oshxonasini joylashtirgan. Yuqori o‘rinlardan esa Italiya, Argentina, Fransiya, AQSh, Meksika, Gretsiya, Braziliya, Yaponiya, Tailand, Yaman, Germaniya, Turkiya kabi davlatlar oshxonalari o‘rin olgan.
Izoh (0)