Xitoyning Gulf Cable Trading Company kompaniyasi “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida Navoi Cable Connector OAJ chet el korxonasini tuzdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Korxona “Alyuminiy va alyuminiy qotishmasidan elktrotexnika simlarini ishlab chiqarish, kabel izolyatsiyasi materiallari va yuqori voltli kabel liniyalari uchun muftalar tayyorlash” bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida tashkil etilgan.
Loyihaning ilk davri uchun sarmoyador tomonidan 2 million dollar miqdoridagi investitsiya ajratilgan. Keyinchalik sarmoya hajmi 5,95 million dollarga oshirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)