Incheonda bo‘lib o‘tgan ParaOsiyo o‘yinlari nihoyasiga yetib, sportchilarimiz O‘zbekistongaga qaytib keldi. Toshkent Xalqaro aeroportida sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sports.uz. Marosimda sportchilarni ularning ota-onalari, yaqinlari, do‘stlari va jurnalistlardan iborat jamoa iliq qarshi oldi.
E’tiborlisi, ParaOsiyo o‘yinlarida ishtirok etgan 27 nafar sportchimiz 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza, jami 31 ta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida 41 davlat orasida faxrli 5-o‘rinni band etdi. Shu bilan birga mamlakatimiz sportchilari ParaOsiyo o‘yinlarida 12 marotaba Osiyo rekordini yangilashga ham muvaffaq bo‘ldilar.
Izoh (0)