Karib dengizida joylashgan Dominikana Respublikasi aeroportida oshqozoniga 55,5 ming yevro bekitgan Ispaniya fuqarosi hibsga olindi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchib kelgan ayol va u olib o‘tmoqchi bo‘lgan pul haqida ogohlantirilgan bo‘lgan. Shuning uchun ham ayol Dominikanaga uchib kelishi bilan rentgendan o‘tishga majbur qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol pul solingan 16 ta paketni yutib yuborgan. Yana 54,6 ming yevroni bagajda olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Ispaniya fuqarosining olib o‘tmoqchi bo‘lgan pullarining umumiy qiymati 140 ming dollarni tashkil etgan. Qonun bo‘yicha esa yo‘lovchilar o‘zlari bilan faqat 10 ming dollar naqd pul olib ketishlari mumkin.
Izoh (0)