Poytaxtimizda davom etayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining 2-bosqichida kecha, 23-oktabr kuni 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bemoqda “Olamsport”.
Sayyoramizning 12 nafar grossmeysteri ishtirok etayotgan turnirda mamlakatimiz sharafini Rustam Qosimjonov himoya qilyapti. 3-turda 17-jahon chempioni oq donalarda o‘ynashiga qaramay, yana mag‘lubiyatga uchradi.
Qosimjonov gruziyalik Baadur Jobavaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu O‘zbekiston vakilining ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
Izoh (0)