Rossiyaning “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Yevropa Ligasi musobaqasining guruh bosqichi 3-tur doirasidagi “Volfsburg”ga (2:4) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
“G‘alaba qozonish uchun maydonga tushgan edik, biroq natijada mag‘lubiyat alamini tortdik. Biz o‘yinning ma’lum bir qismlarida ustunlikka ega edik, ammo qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordik. Haqqoniy natija. Biz raqibga har jihatdan yengildik.
Ikkinchi gol bizni ruhan sindirib qo‘ydi. Biz ikkinchi taymni ko‘tarinki kayfiyatda boshlamoqchi edik. Lekin darvozamizdan gol olib chiqishga mabur bo‘ldik. Hisobni o‘zgartira olishimizni bilardik, biroq haddan tashqari ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ertaga o‘yinni qaytadan ko‘rib chiqib, xatolar ustida ishlaymiz”, — dedi Ahmedov “NTV Plyus” telekanaliga bergan intervyusida.
Izoh (0)