Apple kompaniyasi iyul oyidan sentabrgacha bo‘lgan uch oy davomida 42,1 milliard dollar daromad ko‘rdi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Apple ushbu uch oy davomida 39,3 million dona iPhone smartfonlarini sotgan. Bu esa o‘tgan yilning shu muddatiga nisbatan 16 foizga yuqoridir. Apple planshetlarining sotuvi esa o‘tgan yilning shu paytiga nisbatan 12,8 foizga o‘sgan va kompaniya iyul—sentabr davomida 12,3 million dona iPad planshetlarini sotgan.
Kompaniyaning daromadi keskin o‘sishiga yangi iPhone 6 smartfonlari uchun oldindan buyurtma qabul qilish sentabr oyida boshlangani sabab bo‘lgan.
Shuningdek, bugungi kunda qaysi iPhone smartfonlari ommabop ekanligini “Parol” nashrining ushbu maqolasidan bilib olishingiz mumkin.
Izoh (0)