22-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida kunning ikkinchi yarmida deputatlar 2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
2015-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi doirasida kelgusi yilda hududlar va yo‘nalishlar bo‘yicha 261,6 mingta ish o‘rni tashkil etish va 725,9 ming kishining bandligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘riladi.
Umuman olganda, dasturning bajarilishi 987,5 ming nafar kishining ishga joylashtirilishiga ko‘maklashadi. Bunda ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini, ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj boshqa toifalarini ishga joylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Izoh (0)