22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda quyi palata axborot xizmatiga tayanib, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Majlisda O‘zbekistonning 2015-yilgi Davlat byudjeti loyihasi atroflicha muhokama qilindi.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish muhimligini alohida ta’kidladi.
Chunonchi, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 25 foizdan 15 foizga pasaytirilishi soliq yukini 481,8 milliard so‘m miqdorida kamaytiradi hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlashni amalga oshirish, shuningdek, xodimlarni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi.
Bu xo‘jalik subyektlarining foyda solig‘i bazaviy stavkasi 8 foizdan 7,5 foizga, shuningdek, qurilish sohasida mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga kamaytirilayotganiga ham taalluqlidir. Bu esa 141 milliard so‘m mablag‘ni korxonalar tasarrufida qoldirish imkonini beradi, ushbu mablag‘lar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash uchun yo‘naltiriladi.
Izoh (0)