2014-yil 23-oktabr kuni Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan e’lon qilindi.
Farmonga muvofiq O‘zbekistonda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarni himoya qilishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir qancha O‘zbekiston fuqarolari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlandi:
- “Mehnat shuhrati” ordeni;
- II darajali “Shon-sharaf” ordeni;
- “Do‘stlik” ordeni;
- “Mardlik” ordeni;
- “Jasorat” medali;
- “Sodiq xizmatlari uchun” medali;
- “Shuhrat” medali.
Izoh (0)