Polsha va Buyuk Britaniyaning bir guruh mutaxassislari yangi texnologiya yordamida shol bo‘lgan odamning orqa miya asab tolalarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Oqibatda, bemor o‘zgalarning yordamisiz yurish imkoniyatiga ega bo‘ldi va tanasining falaj bo‘lgan qismidagi sezgilari tiklandi. Bu haqda Cell Transplantation jurnaliga tayanib “TASS” xabar bermoqda.
“Operatsiya chog‘ida bemorning burnidan hidni aniqlash jarayonida ishtirok etuvchi maxsus hujayralar olindi, — deb xabar bermoqda BBC radiostansiyasi. — Keyin, ular orqa miya asablarining uzilgan joyiga joylashtirildi”.
Operatsiya Polshaning Vrotslav shahridagi tibbiy markazda o‘tkazildi. Unda londonlik mutaxassislar ishtirok etdi. Bemor — 38 yoshli o‘t o‘chiruvchi Darek Fidika — 4 yil avval pichoq orqali chuqur jarohat olgan. Oqibatda tanasining pastki qismi falaj bo‘lib qolgan.
“Bizning bu muvaffaqiyatimiz so‘nggi 40 yil ichida olib borilgan tadqiqotlar natijasidir, — deb ta’kidladi operatsiyani o‘tkazgan shifokorlardan biri, Jey Reyzman. — Biz orqa miya asab tolalari o‘sishi va qayta tiklanishi mumkin ekanligini isbotladik”.
Mutaxassislarning qayd etishicha, insonning burnida joylashgan bir guruh hujayralar hid ajratish qobiliyatini saqlab turish uchun doimiy ravishda qayta tiklanish xususiyatiga ega.
Izoh (0)