Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Baden-Badenda o‘tkazilgan poyga tashkilotchilari uning Zazu laqabli otining g‘alabasi uchun mukofot pullarini to‘lashdan bosh tortgani uchun Germaniya hukumati uzr so‘rashidan umid qilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Ijtimoiy tarmoqlarda menga yuzlab xabarlar kelmoqda. Zazuning muxlislari Yevropa ko‘chalarida otlarning huquqlarini himoya qilib namoyishlar tashkillashtirishni taklif qilyapti. Lekin men bunga ehtiyoj yo‘q, deb hisoblayman. Umid qilamanki, Germaniya hukumati Zazu va do‘stiga yetkazgan azoblari uchun ularning oldida uzr so‘raydi”, − dedi Qodirov.
Avvalroq, shu masala yuzasidan Checheniston rahbari o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali Germaniyani hazil bilan tanqid qilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)