Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilayotgan ParaOsiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi xazinasi yana bittadan oltin va kumush medalga boyidi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Yengil atletika bo‘yicha 1500 metr masofaga yugurish bahslarida birinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tgan Ma’rufjon Murodillayev O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga ParaOsiyo o‘yinlarining navbatdagi oltin medalini keltirdi.
Yadro uloqtirish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda esa o‘zbekistonlik yana bir tajribali sportchi Xusniddin Norbekov kumush medal sovrindori bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Husniddin Norbekov 2010-yil Guanchjou (Xitoy)da bo‘lib o‘tgan ParaOsiyo o‘yinlarida ham kumush medal sovrindori bo‘lgan edi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi 11 ta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medal qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)