Buyuk Britaniya hukumati internetdagi haqoratomuz xabar va izohlar (trolling) uchun jazoni to‘rt martaga ko‘paytirib, ikki yillik qamoq jazosini joriy qilish istagida, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Ba’zi shaxslar internetdan eng noma’qul va shafqatsiz tarzda foydalanmoqda. Biz ularning bunday harakatlari ikki yillik qamoq jazosiga olib kelishini bu shaxslarga anglatib qo‘yishimiz lozim”, − dedi qirollik adliya vaziri Kris Greyling.
So‘nggi oylarda Buyuk Britaniyada ko‘plab siyosatchilar, jamoatchilik arboblari, taniqli yozuvchilar va aktyorlar trolling obyektiga aylangan. Ularni turli hodisalar yuzasidan siyosiy qarashlari uchun ham haqoratlash holatlari ko‘p kuzatilgan. 2013-yilda esa internet-trolling oqibatida bir necha o‘smir o‘z joniga qasd qilgan.
Izoh (0)