Bugun Myanmada davom etayotgan U-19 Osiyo chempionati chorak finali doirasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tailandlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yinning ahamiyati ancha yuqori, chunki mazkur bahs g‘olibi musobaqaning yarim finaliga chiqish bilan birga 2015-yilda Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo‘llanmalardan birini qo‘lga kiritadi.
“Sport” telekanalidagi manbamiz xabar berishicha, Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadigan o‘yin telekanalda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladigan bo‘ldi. Aslida 17:00 dan boshlab Oliy liga doirasidagi “Paxtakor” − “Nasaf” uchrashuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatilib, O‘zbekiston va Tailand U-19 terma jamoalari o‘yini 19:45 da yozib olingan holda efirga uzatilishi rejalashtirilgan edi.
Biroq yoshlar terma jamoamiz ishtirokidagi o‘yinning o‘ta muhimligi inobatga olinib, telekanal rejalariga o‘zgartirish kiritildi va mazkur uchrashuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadigan bo‘ldi.
Izoh (0)