Belorussiya poytaxti Minsk shahrida tennis bo‘yicha ITF toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada O‘zbekiston vakili Shonig‘mat Shofayziyev ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Yakkalik bahslarini muddatidan avval tark etgan Shofayziyev bor e’tiborini juftliklar musobaqasidagi ishtirokiga qaratgan.
Belorussiyalik do‘sti Andrey Vasilevskiy bilan birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Shonig‘mat chorak finalda turkiyalik tennischilar — Baris Erdugen va Sem Ilkelni 7:5, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Bugun o‘tkaziladigan yarim finalda ular mezbon raketka ustalari — Andrey Andryuxov hamda Ivan Latarevich bilan munosabatlariga oydinlik kiritadi.
Izoh (0)