“O‘zbekenergo” DAK tomonidan 2014-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi ichida amalga oshirilgan qator ishlar bo‘yicha hisobot matni kompaniya saytida taqdim etildi.
Unga ko‘ra, energetika tizimini yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumiga o‘z vaqtida tayyorlash maqsadida kompaniyada soha tadbirlari, asosiy energetik uskunalarni ta’mirlash jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Elektr stansiyalari va tarmoqlarini qish sharoitida ishlashga tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish komissiyalari tashkil etildi. Mo‘ljallangan ishlar yakunlanish arafasida, deb ta’kidlandi hisobotda.
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish tadbirlar kompleksi asosida ham issiq suv ta’minoti uchun quyosh kollektorlarini o‘rnatish bo‘yicha to‘qqizta loyiha amalga oshirildi.
Shulardan yettitasi “O‘zelektrtarmoq” UK asosiy elektr tarmoqlarida 500 kV nimstansiyalarga joylashtirilgan bo‘lsa, Namangan va Jizzaxdagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining ma’muriy va ishlab chiqarish binolariga ikkita quyosh kollektori o‘rnatildi.
12 loyiha bo‘yicha boshlangan ishlar 2014-yilning noyabr oyi oxirida yakunlanadi.
Izoh (0)