Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali gruzin xalqiga murojaat qilib, mamlakat rivojlanish modelini birgalikda muhokama qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Novosti-Gruziya”.
“Sizlardan g‘oya va maslahatlaringizni so‘rab murojaat qilyapman. Mening Facebook’dagi sahifamga yozing. Jamoam bilan birgalikda men barcha fikrlar bilan tanishib chiqamiz. Ularning tahlili natijasiga ko‘ra, mamlakatimizning yangi kunini muhokamaga qo‘yishni taklif qilaman”, − dedi Saakashvili.
Shuningdek, u hozirgi davrda mamlakat oldinga emas, orqaga ketayotganini ta’kidlagan. Ma’lumot uchun, ayni paytda AQShda bo‘lib turgan sobiq prezident va uning “Yagona milliy harakat” partiyasiga nisbatan Gruziyada jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)