Mart oyida yo‘qolib qolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli “Boing-777” samolyotini suv ostidan qidirish bo‘yicha ilk urinish samarasiz yakunlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avstraliya Transport xavfsizligi byurosining ma’lum qilishicha, Go Phoenix nomli kema samolyotni izlashda davom etmoqda. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotni topish imkoniyatining eng katta ehtimoli aynan hozir Go Phoenix ishlayotgan hududga to‘g‘ri keladi.
Avval xabar berilganidek, yo‘qolgan “Boing”ni qidirish ishlari oktabr oyida Hind okeanida qaytadan yo‘lga qo‘yildi. Avstraliya qidiruv ishlari uchun o’zining uchta kemasini ajratgan.
Eslatib o‘tamiz, Hind okeanining janubiy qismiga qulagani taxmin qilinayotgan samolyotning bortida 227 nafar yo‘lovchi va 12 ekipaj a’zolari bo‘lgan.
Izoh (0)