Xonanda Ledi Gaga va “Vampir kundaliklari” (The Vampire Diaries) teleseriali yulduzi Teylor Kinni keyingi yil turmush qurishini ma’lum qildi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Ledi Gaga va uning yigiti Teylor Kinni xonandaning ota-onasiga tegishli Nyu-Yorkdagi restoranda “majburiyatlar marosimi”ni o‘tkazdi. Shu tariqa, ular keyingi yil turmush qurishlarini e’lon qildi.
Yosh juftlik o‘zlarining umumiy kelajaklari borasidagi jiddiy niyatlarini ko‘rsatish uchun barcha qarindosh va do‘stlarini yig‘di. Bu yangilik boshqa OAVlarida juftlik allaqachon turmush qurganligi haqida xabar berilgandan so‘ng paydo bo‘ldi. Mazkur xabarning tarqalishiga Kinnining nikoh uzugiga o‘xshash uzukni taqib yurganligi tasvirlangan surat sabab bo‘ldi.
Manbaning qayd etishicha, “Gaga u uchun muhim bo‘lgan odamlar bilan yuzma-yuz ko‘rishib o‘tkaziladigan marosim tashkil etilishini xohlagan edi. Ularning to‘yni rejalashtirish uchun vaqti yo‘q, shuning uchun ular bir-biriga qanchalik sodiqligini ko‘rsatish maqsadida faqat ularga yaqin bo‘lgan insonlarni yig‘ishni rejalashtirdi. Bu tadbir faqatgina do‘st va yaqinlar uchun edi. Teylorning onasi Pem ham aktyorning akalaridan biri bilan uchib keldi. Juftlik keying yil, to‘yni rejalashtirishga vaqtlari bo‘lganda turmush qurishini ma’lum qildi”.
Izoh (0)