Noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Shotlandiya milliy partiyasi konferensiyasida Aleks Salmond iste’foga chiqqach, u egallab turgan Shotlandiya birinchi vaziri lavozimini va partiya rahbarligini Nikola Sterjen egallaydi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Shunday qilib, u Shotlandiya hukumatiga rahbarlik qiladigan ilk ayolga aylanadi. Hozirda Sterjen partiyada ham, hukumatda ham Salmondning o‘rinbosari hisoblanadi. Sterjen zarur muddat ichida lavozimga o‘z nomzodini qo‘ygan yagona kishi bo‘ldi.
Nikola Sterjen bu lavozimni egallashi deyarli aniq bo‘lsa ham, baribir bu parlament tasdig‘idan o‘tishi shart. U oxirgi 10 yil davomida Salmondga o‘rinbosarlik qilib kelmoqda. Salmondning o‘zi Shotlandiya mustaqilligi to‘g‘risidagi referendumdagi mag‘lubiyati tufayli iste’foga chiqayotgani aytilgan.
Izoh (0)