Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

2014-yilning 14-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Berlin shahrida GFR Federal kanslerining tashqi siyosat va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Kristof Hoysgen bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kristof Hoysgen. Foto: darchinger.com

Kristof Hoysgen. Foto: darchinger.com

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarining turli sohalardagi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida ikki davlatda ham siyosiy muloqotni kengaytirish va tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga katta ahamiyat qaratilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, suhbatdoshlar xalqaro miqyosdagi ba’zi muammolar, jahonda, shu jumladan Afg‘oniston va butun mintaqada kuzatilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan fikr almashishdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi