Norvegiya parlamenti tomonidan qabul qilingan yangi qonun 19 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan ayollarga 19 oylik harbiy xizmatni o‘tash majburiyatini yukladi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Hukumatning maxsus xabarida aytilishicha, Norvegiya jamiyatining eng asosiy qadriyati huquq va majburiyatlar jinsga qarab farqlanmasligidan iboratdir. Mudofaa vaziri Iner Eriksen Sereyde mamlakat qurolli kuchlari safiga jinsidan qat’i nazar eng munosib va ishtiyoqmandlar qo‘shilishi mumkin.
Hozirda mamlakat qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining 13 foizdan kamrog‘i ayollar hisoblanadi. Shu bilan birga, Norvegiya ishlovchi ayollarning hissasi bo‘yicha jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Ayollarining 76,1 foizi mehnat bilan band bo‘lgan mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha Islandiya, Shvetsiya va Shveysariyadan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Izoh (0)