Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Qashg‘ar okrugi mahalliy xalq sudi dushanba kuni iyul oyida mazkur muxtor tumandagi shaharda olib borilgan hujumda ishtirok etgan 27 kishiga nisbatan o‘lim jazosi belgiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
28-iyul kuni pichoq bilan qurollangan to‘da Elishku shahridagi politsiya uchastkasi va hukumat idoralariga hujum qilgan. Shundan so‘ng, terrorchilarning ayrimlari Xuandi shahriga o‘tib, yo‘lovchilarga hujum qilib, yo‘llarida uchragan avtomobillarni yoqib yuborgan. Natijada 37 nafar tinch aholi va 59 hujumchi halok bo‘lgan, yana 13 nafar tinch aholi jarohatlangan.
“Tyanshan” internet portalining ma’lum qilishicha, 27 kishidan 15 nafari ikki yildan so‘ng amalga oshiriladigan o‘lim jazosiga mahkum etildi. Yana to‘qqiz kishi umrining so‘ngiga qadar ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lsa, to‘daning 20 nafar a’zosiga to‘rt yildan 20 yilgacha bo‘lgan muddatlardan iborat qamoq jazosi belgilandi.
Izoh (0)