AQShning janubi-g‘arbida joyshgan Arizona shtatida istiqomat qiluvchi ismi noma’lum shaxs davolanayotgan shifoxonasidan o‘t o‘chirish mashinasini olib qochdi, deb xabar bermoqda UPI.
Shifoxonada davolanayotgan erkak mashinalar turar joyida avtomobilni ko‘rib qolib, uyga ketish uchun undan foydalanishga qaror qildi.
Bu paytda mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘t o‘chiruvchi dam olayotgan bo‘lgan, ammo bemor rulga o‘tirib, mashinani yurgiza boshlagandan so‘ng, u transport vositasidan birdan tushib qolgan.
Avtomobilni olib qochish to‘g‘risida ma’lumot olgan politsiyachilar o‘t o‘chirish mashinasini ta’qib qilishga tushdi va uni to‘xtatishga harakat qildi. Birozdan so‘ng, qochoq bemor quvg‘indan qochib qutilishga muvaffaq bo‘ldi, ammo huquq-tartibot xodimlari avtomobil joylashgan joyni kuzatib topishning uddasidan chiqdi.
Aniqlanishicha, bemor olib qochilgan avtomobilni o‘z uyining orqa hovlisida qoldirgan va o‘zi dam olishga ketgan.
Fuqaroga o‘g‘rilik qilganlik va politsiya xodimlariga bo‘ysunmaganlik bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi. Avval avtomobil o‘g‘risining nima sababdan kasalxonaga joylashtirilganligi noma’lum.
Izoh (0)