Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Oliy Radaga ko‘rib chiqish uchun mamlakat mudofaa vaziri lavozimiga Stepan Poltorak nomzodini tavsiya qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Hozirgi paytda Ukraina Milliy gvardiyasi qo‘mondoni bo‘lgan general-polkovnik bilan uchrashuvda Poroshenko nomzodning yuqori darajadagi tashkilotchilik qobiliyati, mavqesi, o‘rnatgan tartib-intizomi va kuchli jangovar ruhini alohida e’tirof etgan.
Avvalroq, Ukraina prezidenti mamlakat mudofaa vaziri Valeriy Geleteyning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi so‘rovini qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)