Fransiya hududidan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 200 ming yil oldin yashab o‘tgan Neandertal odami qoldiqlari topildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Chap qo‘l suyagi qoldiqlari arxeologlar tomonidan Parijdan 100 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Turvil-la-Rivyer shahrida, Sena daryosiga bevosita yaqin joydan topilgan. Olimlar bu mintaqadan chiqqan eng qadimiy qoldiqlar ekanligini e’tirof etgan.
Tekshiruvlar natijasida suyaklar yosh Neandertal odamiga tegishli bo‘lgani taxmin qilingan. Ma’lumot uchun, fanda Neandertal odamlari bundan 39—41 ming yillar ilgari yo‘qolib ketgani to‘g‘risidagi taxminlar mavjud.
Izoh (0)