Hindistonlik huquq himoyachisi Kaylash Satyartxi pokistonlik Malala Yusufzayga Janubiy Osiyoda tinchlikni mustahkamlashga birgalikda harakat qilishni taklif qildi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar bermoqda.
Norvegiya Nobel qo‘mitasi tomonidan ikkala huquq himoyachisiga 2014-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti topshirilishi e’lon qilinganidan keyin bergan intervyusida Satyartxi mukofotga Malala bilan birgalikda loyiq ko‘rilganidan juda xursandligini ta’kidlab, Yusfzayni Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha harakatlariga qo‘shilishga taklif qilgan.
Nobel qo‘mitasi bayonotida aytilishicha, hind va musulmon, Hindiston fuqarosi va Pokiston vakilasi bolalar huquqlari va ekstremizmga qarshi kurashib, umumiy ishni amalga oshirayotgani alohida ahamiyatga ega.
Izoh (0)