Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko MDHdagi dezintegratsiya jarayonlari borasida bezovta ekanligini qayd etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Minskda bo‘lib o‘tayotgan MDH sammitini ochar ekan, “Hamdo‘stlik ichida, afsuski, ajralib chiqishga moyillik kuchaymoqda va bu bizni sergaklikka chaqirmoqda … Asosan, bu kabi istakni MDHni kerakmas rudiment (sarqit) deb hisoblab, uni parchalab yubormoqchi bo‘layotgan alohida g‘ayrli insonlar bildirmoqda”, — dedi Lukashenko.
Shuningdek, u Belorussiya bunday vaziyatga qarshi ekanligini va MDHni istiqboli porloq tuzilma deb hisoblashini ma’lum qildi.
“Sobiq sovet makonidagi integratsion jarayonlar tarixi aynan MDHdan boshlangan va MDH tajribasi ushbu hududdagi qolgan barcha tashkilotlar tomonidan keng foydalaniladi”, — deb qayd etdi Belorussiya rahbari.
Izoh (0)