Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan fransiyalik yozuvchi Patrik Modiano topildi, deya xabar bermoqda Reuters. U Parijdagi Gallimard nashriyotida matbuot anjumani uyushtirib, uni bu mukofotga loyiq topishganidan hayratlanganini bildirdi.
Modiano mukofotni Shvetsiya fuqaroligiga ega bo‘lgan nabirasiga bag‘ishlashini ma’lum qildi.
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori 9-oktabr kuni e’lon qilindi. Biroq Shvetsiya akademiyasi rahbariyati ham, Fransiya OAVlari ham biroz vaqt davomida Modianoni topa olishmadi.
Modianoga adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti “kishilarning aql bovar qilmas taqdirlarini paydo qilib, istilo dunyosini ochib bergan xotira san’ati” uchun berilgani Nobel qo‘mitasi maktubida aytiladi.
Avvalroq fiziologiya va tibbiyot, fizika va kimyo sohalarida sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bugun, 10-oktabr kuni tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi e’lon qilinadi.