Rossiya va Ukraina prezidentlari Milanda uchrashishi mumkin, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.
Kremlda uchrashuv shaklining turlicha — ikki tomonlama, shuningdek Yevropa davlatlari rahbarlari ishtirokidagi variantlari ishlab chiqilmoqda.
Vladimir Putin bir haftadan so‘ng Milanda bo‘lib o‘tadigan Osiyo—Yevropa sammitida ishtirok etadi. Tadbirda asosiy mavzulardan biri Ukrainaga bag‘ishlanishi kutilmoqda.