O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Minsk shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti davlat rahbarlarining tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlarida ishtirok etadi. Majlisda Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasidagi ko‘pqirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etiladi.MDH sammitining asosiy voqealari 10-oktabr kuni bo‘ladi.
Izoh (0)