Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasining doimiy sheriklari bo‘lgan Rossiyaning VimAvia va Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyalari hamkorlikning yangi bosqichini amalga oshirmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hamkorlik SCAT aviakompaniyasining “Boing 767-300”da A-check shaklida, VimAvia’ning “Boing 757”da C-check shaklida olib boriladigan texnik xizmat va ta’mirdan iboratdir.
MAK eslatishicha, Uzbekistan Airways Technics aviakorxonasining ba’zi mijozlari bilan havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar tuzilgan, shuningdek muntazam ravishda qo‘shimcha bitimlar ham imzolanmoqda.
Izoh (0)