AQSh prezidenti Barak Obama internetda zo‘ravonlik bilan tahdid qilishning asoiy nishoni bo‘lib qolmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar berdi.
The Washington Post gazetasining yozishicha, dastlab aksariyat tanqidlar irqiy kamsitishlar ruhida qilingan. Hozir bunday turdagi murojaatlar kamayganiga qaramay, internet orqali prezidentga qilinayotgan tahdidlar soni qisqarmagan. Nashrning qayd etishicha, Obama saylov kampaniyasi va prezidentlikning birinchi muddatining o‘zidayoq avvalgi prezidentlardan uch marta ko‘proq haqoratlarga uchragan.
2014-yil yanvar oyida Twitter’da Obamani o‘ldirish niyati borligini yozgan erkak 16 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. Oq uyning rasmiy saytida prezidentni “Dajjol” (“Antixrist”) deb atagan Nikolas Savino esa bir yilga qamalgan.
Ba’zilar hatto amaliy harakatlarga ham o‘tgan: Facebook orqali Obamani impichment qilishga (muddatidan oldin prezidentlikdan ketkazish) chaqirgan Jerad Miller Las-Vegasda ikki politsiyachini otib qo‘ygan va birining tanasaiga svastika suratini tushirib, “Bu inqilobning boshlanishi”, deb yozib ketgan.
Mutaxassislar AQSh Maxfiy xizmatining ijtimoiy tarmoqlar keltirib chiqayotgan yangi muammolarga moslashish va ulardan chiqayotgan tahdidlarga qarshi kurashishni uddalay olishiga shubha bilan qaramoqda.
Izoh (0)