“Vongfong” deb nomlangan o‘ta kuchli tayfun Yapon arxipelagi tomon yaqinlashmoqda va hafta oxirida Yaponiya sharqiy qirg‘oqlariga yetib keladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Yaponiya meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi to‘fon markazida 45 metr/sekund, kuchaygan vaqtda 60 metr/sekundga teng bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, to‘fon juma kuni eng janubdagi Okinava orollariga yetib keladi, keyin esa mamlakatning Tinch okeani sohillariga − janubdagi Kyusyu orolidan shimoli-sharqdagi Xonsyu oroligacha yetib borishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba va dushanba kunlari Yaponiyaning markaziy qismiga “Fanfon” to‘fonining yopirilishi natijasida 6 kishi halok bo‘lgan va 4 kishi bedarak yo‘qolgan, 1,9 million kishi evakuatsiya qilingan; quruqlik transporti harakatida uzilishlar bo‘lib, 607 ta aviareys bekor qilingan edi.
Izoh (0)