Britaniyalik yovvoyi tabiat muhofazachilari agar brakonyerlik to‘xtatilmasa, 20 yil ichida fillar va karkidonlar butunlay yo‘qolib ketishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ekspertlarning ma’lumotlariga qaraganda, brakonyerlar yiliga 35 minggacha fil va mingdan ortiq karkidonni o‘ldiradi. Bu fil va karkidon suyaklariga bo‘lgan talabning tobora ortib borayotgani bilan bog‘liqdir. Jarayon shunday davom etaversa, keyingi 20 yil ichida Yer yuzida birorta fil ham, karkidon ham qolmaydi, deb yozadi The Independent.
Hayvonlar himoyachilari Londonda yovvoyi jonivorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun marsh tashkil qilmoqchi. Namoyish ishtirokchilari Buyuk Britaniya poytaxti bo‘ylab fil va karkidon niqoblarida o‘tishni rejalashtirgan. Shuningdek, ular fil va karkidon suyagidan mahsulotlar ishlab chiqaradigan zavodlarni yopishni talab qilmoqda.
Izoh (0)