Sayyoraning yarmidan ko‘p aholisi — 4,4 milliard kishida internetga ulanish imkoni yo‘q bo‘lib, ulardan 3,2 milliard nafari 20 mamlakatda istiqomat qiladi. Bu haqda Softcraze nashri xabar bermoqda.
Internetga ulanish imkoniga ega bo‘lmaganlar miqdorini aniqlash maqsadida McKinsey&Company kompaniyasi tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Xitoyda internetga ulana olmaydiganlar soni 730 million kishiga teng bo‘lsa, Rossiyada bu ko‘rsatkich aholining 38,3 foizini tashkil etdi.
Internetdan foydalanmaydigan kishilarning eng katta ulushi Myanma, Efiopiya, Tanzaniya va Hindiston aholisiga to‘g‘ri keldi. Bu yerda 85—98 foiz aholida internetga ulanishning imkoni mavjud emas.
Eng rivojlangan mamlakatlarda ham internetsiz yashovchi kishilar miqdori ajablanarli natija ko‘rsatdi: masalan, Amerikada bu ko‘rsatkich 50 million kishini tashkil etdi.
Izoh (0)