Yangi Apple iPhone 6 smartfonlarining AQShlik xaridorlari haqida qiziqarli ma’lumotlar e’lon qilindi. Bu haqda CNN ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, AQShda iPhone 6 xaridorlarining deyarli 80, iPhone 6 Plus xaridorlarining esa 82 foizini erkaklar tashkil etadi. Shuningdek, xaridorlarning 66 foizi oq tanlilar va 50 foizdan ko‘p qismi oliy ma’lumotga ega. AQShlik xaridorlarning 60 foizidan ko‘p qismi esa yiliga 75 ming dollar ishlab topadi.
O‘tgan yilda iPhone 5s va iPhone 5c smartfonlari sotila boshlanganidan so‘ng, bir hafta o‘tgach aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu smartfonlar xaridorlarining 75 foizidan ko‘prog‘i erkaklar, 63 foizi oq tanlilar, yarmidan ko‘pi oliy ma’lumotlilar va 59 foizidan ko‘prog‘i yiliga 75 ming dollar ishlab topuvchilar bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda eng qimmat iPhone 6 smartfoni 5 million so‘mdan sotilayotgan bo‘lsa, eng arzon iPhone 6 smartfonini esa 3 150 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Izoh (0)