O‘zbekistonlik yengil atletikachi Ivan Zaysev O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga bronza medalni taqdim etdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Nayza uloqtirish sektorida kurash ancha qizg‘in kechdi. O‘zbekiston vakili dastlabki uchta urinishda nayzani 78,49 metrga otib, to‘rtinchi o‘rin bilan final bosqichiga chiqdi. Finaldagi ikkinchi urinishda Zaysev 83,68 metr masofani qayd etib, o‘zining mavsumdagi eng yaxshi natijasiga erishish bilan birgalikda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Xitoylik Jao Ching Gang 89,15 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo va Osiyo o‘yinlari rekordini qayd etdi. Ikkinchi o‘rinni esa yaponiyalik Ryoxey Aray egalladi.
Ushbu musobaqada qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Bobur Shokirjonov nayzani 76,34 metrga uloqtirib, 7-o‘rinni egalladi.
Izoh (0)