Microsoft kompaniyasi “selfi telefoni” deb nomlangan Lumia 730/735 smartfoni uchun yangi reklama roligini taqdim etdi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Reklama roligida selfi suratlarga sig‘may qolganlar, endilikda Nokia Lumia 730/735 yordamida olingan selfilarga albatta sig‘ishi ta’kidlanadi.
Videorlikda xuddi suratga sig‘may qolgandek, yarmi yo‘q odamlar ishtirok etadi. Ularning yarmi yo‘qligi bois hayotda qiynalayotgani ko‘rsatiladi. Rolikning maqsadiga ko‘ra, inson yarimta bo‘lmagani kabi suratlari ham yarmi yo‘q bo‘lmasligi kerak.
Video so‘ngida kuniga minglab odamlar selfi suratga sig‘may, yarimta bo‘lib qolayotgani va bunga baham berish kerakligi ta’kidlab o‘tilgan.
Izoh (0)