Kanadalik mutaxassis Keit Bachman Apple kompaniyasining 2015-yil oktabriga qadar bo‘lgan sotuv hajmini hisoblab chiqdi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Mutaxassisning fikricha, Apple bu muddat davomida 189 million dona iPhone smartfonini sotadi. Shuningdek, sotilgan iPhone 6 smartfonlarining 70–75 foizi iPhone 6’ga, 25–30 foizi esa iPhone 6 Plus’ga tegishli bo‘ladi. Joriy yil oxirigacha esa Apple kompaniyasi 58 million dona iPhone sotadi, deydi Keit Bachman.
Uning taxminlariga ko‘ra, 2015-yilning oktabriga qadar 58,3 million dona iPad plansheti sotiladi. 2016-yilda esa iPad sotuvi 56 millionga tushadi. iPhone va Apple Watch sotuvi 2016-yilda yanada rivojlanadi. Mac kompyuterlarining sotilish hajmi o‘zgarmaydi, iPod’lar esa kamroq sotiladi.
Bular mutaxassisning taxminlari xolos, Apple keyingi bir yil davomida qancha qurilma sotishini esa vaqt hal qiladi. Shuningdek, iPhone 6 smartfonlari hozircha Xitoyda sotila boshlanishiga ruxsat olinmagan va juda ko‘p davlatlarda ushbu smartfonning sotuvi hali ham boshlanmadi. Balki, mutaxassis taxmin qilgan raqamlardan ko‘ra ko‘proq iPhone smartfonlari sotilishi mumkin.
Izoh (0)