“Barselona” hujumchisi Luis Suares kataloniyaliklar safida o‘zining debyut o‘yini bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Real”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir oy davomida maxsus parhezga amal qiladi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Ma’lum bo‘lishicha, Urugvay terma jamoasi hujumchisi anchadan beri rasmiy o‘yinlarda maydonga tusha olmayotgani uchun biroz ortiqcha vazn yiqqan.
Endilikda Suares bir oy davomida o‘zi uchun maxsus ishlab chiqilgan parhez asosida ovqatlanishga majbur, deyiladi nashrda.
Izoh (0)