Bugun Incheon — 2014 doirasidagi sport gimnastikasining trampolinda sakrash musobaqasi boshlandi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Musobaqada ishtirok etayotgan yetti nafar sportchining ikki nafarini o‘zbekistonliklar tashkil etadi. Tajribali Yekaterina Xilko va Anna Kasparyan ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.
Ayollar o‘rtasida saralash bahslarida Kasparyan uchinchi o‘rinni egalladi. U majburiy mashqda 45.500, erkin dasturda esa 51.300 baho oldi va umumiy hisobda 96.800 ball jamg‘ardi. Xilko esa dastlabki urinishdan keyin 45.165 ball bilan 4-o‘rinni egallab turgandi. Biroq erkin dasturni bajarish chog‘ida batutdan chiqib ketdi. Shuning uchun u yakunda 6-o‘rinni egalladi (50.645 ball). Shunga qaramay, u final bosqichida ishtirok etadi. Yekaterina final bosqichini ikkinchi bo‘lib boshlaydi.
Saralash bahslarida yuqori o‘rinlarni 103.715 va 102.195 ball to‘plagan xitoylik ikki sportchi egalladi.
Izoh (0)