Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 14-avgust kuni Oliy Rada tomonidan qabul qilingan “Qrimdagi erkin iqtisodiy zonasida soliq va bojxona nazorati hamda vaqtincha anneksiya qilingan Ukraina hududida iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Ukraina parlamenti matbuot xizmatining axborotiga ko‘ra, qonun bo‘yicha Qrim erkin iqtisodiy zonasi hududida jismoniy va yuridik shaxslarning iqtisodiy faoliyat yuritishi uchun alohida huquqiy rejim amal qiladi. Jumladan, Ukrainaning nazorat, soliq va bojxona qonunchiligining, jismoniy shaxslarning ichki va tashqi migratsiyasining alohida rejimlari yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Qrim erkin iqtisodiy zonasi hududida erkin bojxona zonasi tashkil etilishi ham nazarda tutilgan. Erkin iqtisodiy zona ushbu qonunning kuchga kirgan kunidan boshlab to‘liq 10 taqvim yili davomida amalda bo‘ladi.
Izoh (0)