17-Osiyo o‘yinlarining ot ustida mashq bajarish yo‘nalishida finalga chiqqan Abdulla Azimov O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga kumush medalni keltirdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
O‘zbekistonlik sportchining chiqishi hakamlar tomonidan 14.866 ball bilan baholandi. Oltin medalni qo‘lga kiritgan Masayoshi Yamamoto (Yaponiya) 15.033 ball olgan bo‘lsa, mezbon sportchisi Park Min Su 14.700 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 10 ta — uchta kumush va yettita bronzaga yetdi.
Izoh (0)